Hindiston, zarur bo‘lsa, Afg‘oniston va Pokistonda zilziladan jabrlanganlarga yordam berishga tayyor. Bu haqda Hindiston bosh vaziri Narendra Modi ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“Men vaziyatni zudlik bilan baholash uchun buyruq berdim, va biz zarur holda yordam berishga tayyormiz”, — deb yozdi Modi o‘z Twitter’ida.
Eslatib o‘tamiz, Afg‘onistonning Jarm shahridan 45 kilometr uzoqlikda, Hindikush tog‘larida yuz bergan 7,7 magnitudali zilzila Hindiston, Pokiston va Afg‘oniston poytaxtida vahimaga sabab bo‘ldi.
Avvalroq, markazi Hindikush tog‘larida bo‘lgan davomli zilzila O‘zbekistonda ham sezilgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)