Rasmiy Moskvaning Suriya va Ukraina masalasidagi faol pozitsiyasi sabab, Britaniya tomoni Rossiya bilan siyosiy muloqotni amalda to‘liq to‘xtatib qo‘ydi. Bu haqda, “Gazeta.ru” xabariga ko‘ra, Rossiyaning Buyuk Britaniyadagi elchisi Aleksandr Yakovenko ma’lum qildi.
“Britaniya tomoni tashabbusi bilan amalda barcha siyosiy aloqalar keskin to‘xtatib qo‘yildi, oliy darajadagi, yetakchilar o‘rtasidagi siyosiy muloqot yo‘qqa chiqarildi”, — deya Rossiya elchisi so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda The Times.
Yakovenkoning so‘zlariga ko‘ra, u Britaniya tashqi siyosat idorasi siyosiy direktori Saymon Gess bilan uchrashuv o‘tkazganidan so‘ng, munosabatlar yanada yomonlashgan.
Izoh (0)