Rossiyaning “Transaero” kompaniyasi 26-oktabrga o‘tar kechasi ekspluatant sertifikati kuchdan qolishi tufayli parvozlar amalga oshirilishini to‘xtatdi, deya xabar bermoqda Meduza.
25-oktabr kuni, samolyotlar harakatini kuzatuvchi servislar ma’lumotlariga ko‘ra, “Transaero” avialaynerlari Ispaniyaga jo‘natilgan edi. Kompaniyaning o‘zi samolyotlarni “texnik holatini tekshirish uchun” Ispaniyaga jo‘natishganini aytmoqda.
Nashr eslatishicha, avvalroq parvoz sanasi 2015-yil 15-dekabrgacha bo‘lgan chiptalarni sotib olgan yo‘lovchilarning barchasi manziliga yetkazib qo‘yilishi, undan keyingi sana uchun sotilgan chiptalar narxi to‘liq hajmda qaytarilib berilishi ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)