O‘zbekistonda so‘nggi bir hafta davomida 259 ta yong‘in qayd etildi. O‘zbekiston IIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, turli sabablarga ko‘ra sodir bo‘lgan yong‘inlarda ikki nafar fuqaro tan jarohati olgan.
Ushbu yong‘inlarda o‘t o‘chiruvchilarning sa’y-harakatlari bilan 1,318 milliard so‘mdan ortiq qurilish konstruksiyalari va 1,061 milliard so‘mga yaqin moddiy boyliklar saqlab qolingan.
Xususan, Buxoro viloyati Buxoro tumanida yashovchi fuqaroning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 48 kvadrat metr maydonida tom qismi hamda qo‘shni uyning 55 kvadrat metr maydonda tom qismi yonib zararlangan.
Namangan viloyati Namangan shahrida yashovchi fuqaroning uyida yosh bolalarning sho‘xligi oqibatida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 40 kvadrat metr maydonida tom va shift qismi hamda qo‘shni uyning 55 kvadrat metr maydonida tom qismi yonib zararlangan.
Samarqand viloyati Samarqand tumanida yashovchi fuqaroning uyida isitish pechining qizib ketishi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 70 kvadrat metr maydonida tom, shift qismi va uy-jihozlari yonib zararlangan.
Izoh (0)