18-oktabr, yakshanba kuni Yevropa tashqi faoliyat xizmati (YTFX) bosh kotibi Alen Le Ruaning O‘zbekistonga tashrif kutilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mazkur tashrif davomida O‘zbekiston hamda Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi muntazam muloqot doirasida Vazirlar Mahkamasi, Tashqi ishlar, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirliklarida uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Ushbu uchrashuvlarda turli sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va rivojlantirish istiqbollari muhokama etiladi.
Izoh (0)