Toshkentning Chilonzor tumanidagi Gagarin ko‘chasi va maydonida obodonchilik ishlari boshlandi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Kosmonavt haykali atrofida hududni tozalash, daraxt novdalarini kesish, yangi butalarni o‘tqazish ishlariga kirishildi. Bundan tashqari, trotuardagi toshtaxtalar olib tashlanmoqda, o‘rniga yangilari qo‘yiladi.
Tartibsiz ravishda ochilgan savdo nuqtalarining barchasi, shuningdek, spirtli ichimliklar sotiladigan do‘konlar yopib tashlangan.
“Gazeta.uz” yozishicha, obodonchilik ishlari nashrda avvalroq e’lon qilingan Gagarin haykali joylashgan hudud piyonistalarning sevimli joyiga aylangani haqidagi maqoladan so‘ng boshlangan.
Izoh (0)