“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Surxondaryo viloyati kengashi va “Kamalak” bolalar tashkiloti “Keksalar e’zozimizda” deb nomlangan tadbir o‘tkazdi, deya xabar bermoqda O‘zA.
“Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi ijrosi yuzasidan tashkil etilgan tadbir doirasida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat fronti faxriylari va nogironlarning holidan xabar olinmoqda, sovg‘a-salomlar ulashilib, uy-joylarini yaxshilashga ko‘maklashilmoqda.
Ayni paytda viloyatda 137 nafar yuz va yuz yoshdan oshgan nuroniy, 200 ga yaqin Ikkinchi jahon urushi ishtirokchisi, yetti mingga yaqin mehnat fronti faxriysi farovon hayot kechirmoqda.
Izoh (0)