Bo‘ka tumanida istiqomat qiluvchi ikki fuqaro to‘xtatib, tekshirilganida ularning qo‘l sumkasidan og‘irligi bir kilogrammdan ziyod “marixuana” giyohvand moddasi topildi. Bu haqda O‘zbekiston IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida istiqomat qiluvchi 30 va 32 yoshli bu shaxslar Toshkent viloyati ichki ishlar organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir vaqtida to‘xtatib, tekshirilgan.
IIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)