Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev mamlakatda dollar va yevroning aylanishini taqiqlash taklifini qo‘llab-quvvatlamasligini bildirdi, deya xabar bermoqda “Exo Moskvi”.
Rossiya telekanallaridan biriga bergan intervyusida bosh vazir kinoya bilan: “Bu yaxshi fikr. Kelinglar, har qanday valyuta operatsiyasi uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi 88-moddani ham qayta tiklay qolaylik”, — dedi.
Medvedev aniqlik kiritishicha, dollar yoki yevrodan voz kechish Rossiyaning bozorga, zamonaviy iqtisodiyot yaratishga qarab intilishi tugaganini bildiradi.
Mamlakatda dollar va yevro harakatini taqiqlashni “Yagona Rossiya”dan deputat Yevgeniy Fyodorov taklif qilgan edi. Prezident yordamchisi Sergey Glazyev esa rublning belgilangan kursi haqidagi g‘oya bilan chiqqan edi.
Izoh (0)