Meksikada jonli efir vaqtida jurnalistni mashina urib ketdi. Tengrinews xabariga ko‘ra, hodisa mahalliy “Chivas” va “Amerika” futbol klublari o‘rtasidagi uchrashuv vaqtida yuz bergan.
Jonli efir vaqtida Fox Sports telekanali jurnalisti boshlovchi bilan muloqot qilayotgan edi. Vaziyatlarning birida Devid Medrano Mora birdan kadrdan “yo‘qolib qoldi”.
https://www.youtube.com/watch?v=VhCa7kqMvEM
Keyinroq uni mashina urib ketgani ma’lum bo‘ldi. Telekanal vakillarining qayd etishicha, muxbir juda qo‘rqib ketgan, biroq tan jarohati olmagan. Hodisadan keyingi bir necha kun davomida bu holat aks etgan video qariyb million marta tomosha qilindi.
Izoh (0)