Chilining Tinch okeaniga tutash sohillarida 5,6 magnitudali zilzila ro‘y berdi. Bu haqda AQSh Geologiya xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
Yerosti silkinishlarining markazi Lebu shahridan 17 kilometr uzoqda, yer qa’rining 19 kilometr chuqurligida bo‘lgani qayd etilgan. Qurbonlar hamda vayronagarchiliklar to‘g‘risida ma’lumot berilmagan.
Eslatib o‘tamiz, 17-sentabrga o‘tar kechasi Chilida 8,3 magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘lishi natijasida 13 kishi vafot etgandi.
Izoh (0)