Hindiston sharqidagi G‘arbiy Bengaliya shtatida yashin urishi oqibatida kamida olti kishi nobud bo‘ldi. Bu haqda Press Trust of India ma’lumotlariga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Hodisa Birbxum okrugida ro‘y berdi. Halok bo‘lganlarning besh nafari shu yerdagi tosh konida ishlagan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlarning oltinchisi 13 yoshli qiz bo‘lgan.
Izoh (0)