Saudiya Arabistonining FlyNas aviakompaniyasi kutilmaganda reyslarni qoldirishi oqibatida qozog‘istonlik bir necha yuz nafar Haj ziyoratchilari Jidda aeroportida ochlikda qolmoqda. Bu haqda “Gazeta.kz” xabar bermoqda.
Qayd etishlaricha, Haj amallarini bajarib bo‘lgan qozog‘istonliklar reysning amalga oshirilishini Jidda aeroporti pollarida yotgan holda bir necha o‘n soatdan beri kutmoqda.
Hozircha mazkur holat uchun hech kim, xususan, ziyoratchilarning safarini uyushtirgan sayyohlik agentliklari ham javobgarlikni o‘z bo‘yniga olmoqchi emas. Agentliklarning vakillari so‘zlariga ko‘ra, odamlarning bunday ahvolda qolishiga birinchi galda Qozog‘iston hukumati aybdor.
Ma’lum bo‘lishicha, Qozog‘iston qonunchiligiga muvofiq, charter reyslari bilan xizmat ko‘rsatuvchi aviakompaniya zaxira samolyotini tayyorlab qo‘yishi kerak, biroq FlyNas’da zaxira borti yo‘q, mamlakat ma’murlari esa, qonun buzilishiga ko‘z yumgan holda, FlyNas’ning Qozog‘iston aviabozoriga kirishiga ruxsat bergan.
Izoh (0)