Ma’lum bo‘lishicha, o‘simlik dunyosining bir qator maftunkor turlari Samarqand shahri sharafiga nomlangan, deb xabar beradi “Samarkandskiy vestnik”.
Lolaguldoshlar oilasidan bo‘lgan pushti-to‘q sariq rangdagi gul “Ipaksimon Samarqand” deb nom olgan. Mutaxassislarning fikricha, bunday gullar har qanday bog‘ga ko‘rk bag‘ishlaydi. Ushbu nom 1995-yilda Billingslea kompaniyasi tomonidan qayd etilgan.
Vashingtondagi botanika bog‘ida “Samarqand” nomli orxideya gulini uchratish mumkin.
2009-yilda “Samarqand yo‘li” nomli soqolli baland gulsapsarning yangi turi qayd etildi. Limon sariq rangli ushbu gullar avstraliyalik seleksioner Barri Blayt tomonidan yetishtirilgan.
Ekvadorda yetishtiriladigan “Samarqand” nomli yirik qizil bog‘ atirgullari kesib olingandan keyin 12 kun davomida so‘lib qolmaydi. Shuningdek, tabiatda “Samarqand na’matagi”, “Samarqand bo‘znochi” kabi gullar mavjud.
Izoh (0)