Texasning Fort-Uert shahrida istiqomat qiluvchi Yujin Bostin daydi itlar poyezdi uchun mashinistga aylandi. Meduza’ning xabar berishicha, 80 yoshli erkak “vagonchalar”dan bir qatorga tizib, itlarni shahar bo‘ylab sayr qildiryapti.
Bostikning The Dodo nashriga ma’lum qilishicha, u va uning ukasi boshi berk ko‘chada istiqomat qiladi va ba’zan odamlar bu yerga o‘z itlarini tashlab ketadi. Bostik ukasi bilan bu itlarni boqishga, ularga g‘amxo‘rlik qilishga kirishgan. Shuningdek, ular daydi itlar uchun uycha ham qurib bergan.
Bu holat bir necha yillar davom etgan, biroq kunlarning birida Bostik traktorda tosh ortilgan aravachalar zanjirini olib ketayotgan kishini ko‘rib qolgan. Shunda u plastik bochkalardan itlar poyezdini tayyorlashga qaror qilgan.
Endi esa texaslik pensioner haftasiga bir-ikki marta o‘z qaramog‘idagi to‘qqiz itni vagonchalarga ortib, ularni shahar ko‘chalari bo‘ylab aylantiryapti, o‘rmonga olib chiqyapti yoki daryo bo‘yiga olib boryapti.
https://www.youtube.com/watch?v=eepfRldptT8
Yujin Bostikning ta’kidlashicha, itlarga “poyezd”da sayr qilish juda ham ma’qul kelyapti: u traktorga chiqayotganini ko‘rgan itlar, “poyezd” tomon yugurib, o‘z o‘rinlarini egallab oladi.
Izoh (0)