Ispaniyaning Saragosa shahri yaqinidagi pirotexnika fabrikasida yuz bergan portlash natijasida besh kishi halok bo‘ldi, yana olti kishi yaralandi. Bu haqda El Pais xabar beradi.
Hodisa sabablari hali aniqlanmadi. Shahar hukumati mahalliy aholini favqulodda holat joyiga yaqinlashmaslikka chaqirdi.
Hozirgi paytda fabrika hududida portlashlar davom etayotganligi tufayli qutqaruvchilar u yerga yaqinlasha olmayapti.
Izoh (0)