Koreya Respublikasi va KXDR o‘tgan hafta Pxanmunjomda keskinlikni yumshatish bo‘yicha o‘tkazilgan muzokaralarda erishilgan kelishuvlarga rioya qilingan taqdirda, tinchlik va birlashuvga qarab harakat qilishni boshlashi mumkin. Bu haqda 1-sentabr, seshanba kuni Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Koreya Respublikasi yetakchisi ikki mamlakat 1950—1953-yillardagi urush natijasida bir-biridan ajralgan qarindoshlarni uchrashtirishda muvaffaqiyatga erishishiga umid bildirdi. Uni tashkil etish bo‘yicha muzokaralar 7-sentabrga rejalashtirilgan, uchrashuvning o‘zi esa 27-sentabr — Koreyada hosil va ajdodlarni xotirlash bayrami nishonlanadigan kunda bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)