AQSh prezidenti Barak Obama dunyo hamjamiyatini atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha bitimga iloji boricha tezroq erishishga chaqirdi, deya xabar bermoqda “Liga.Novosti”.
Alyaskada bo‘lib o‘tayotgan Arktikada hamkorlik bo‘yicha xalqaro anjumanda nutq so‘zlar ekan, Obama hozircha hech qaysi mamlakat iqlim muammosi yechimiga qarab zarur tezlikda bormayotganini ta’kidladi.
Kelishuv dekabrda, BMTning Parijdagi iqlim masalalari bo‘yicha sammiti davomida imzolanishi taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)