Vladimir Putin Moskvaning Sheremetyevo aeroporti tadbirkorlar Aleksandr Ponomarenko va Arkadiy Rotenberg nazorati ostiga o‘tishini ma’qullagan bo‘lishi mumkin, deb yozadi Meduza Forbes’ga tayanib.
Nashr manbalariga ko‘ra, tegishli buyruq prezident kanselyariyasida turibdi. U imzolangan, biroq e’lon qilinganicha yo‘q.
Forbes aniqlik kiritishicha, buyruqda gap Sheremetyevo hamda Ponomarenko va Rotenbergning “TPS Avia” guruhiga kiruvchi xususiy kompaniyalarning davlat aktivlarini konsolidatsiya qilish haqida boradi. Konsolidatsiyadan so‘ng davlat birlashgan kompaniya ustidan nazoratni yo‘qotadi, biroq “Sheremetyevo xalqaro aeroporti” OAJning kamida 30 foizini saqlab qolishi kerak.
Izoh (0)