Janubiy Sudanda “Chegara bilmas shifokorlar” xalqaro gumanitar tashkilotining ikki xodimi o‘ldirildi, deya xabar bermoqda “TASS” tashkilotning Jenevada tarqatilgan bayonotiga tayanib.
Unda aytilishicha, logistika bo‘yicha mutaxassis Gavar Top Pyuoy o‘tgan hafta Vulu qishlog‘iga uyushtirilgan hujumda halok bo‘lgan. Sog‘liqni saqlash xizmati xodimi Jeyms Getlyuak Getpini ham o‘tgan haftada Payak qishlog‘iga hujum chog‘ida hayotdan ko‘z yumgan.
Ushbu qishloqlarning har ikkalasi ham qurolli nizolar qamrovidagi Yuniti shtatining Leyer shahri yaqinida joylashgan.
Izoh (0)