Germaniya kansleri Angela Merkel Gretsiyaning qarz yukini yengillashtirishni yoqlab chiqdi, deya xabar bermoqda “RBK”. U ZDF telekanaliga bergan intervyusida kreditlarni to‘lash muddatini uzaytirib, foiz stavkalarini kamaytirishni taklif qildi.
Shu bilan birga, Merkel avvalgidek Gretsiya davlat qarzi hajmini qisqartirishga qarshi chiqmoqda.
Merkelning aytishicha, Gretsiyaga ko‘mak bo‘yicha yangi dastur muvaffaqiyatli kechadi. Biroq kansler mamlakat kreditorlar bilan bitimlarga rioya qilsagina iqtisodiy tanglikni yengib o‘tishiga ishonch bildirdi.
Izoh (0)