Bortida 54 kishi bo‘lgan Indoneziya samolyotining bo‘laklari Papua provinsiyasidan topildi, deb xabar qiladi “Gazeta.ru”.
Oksibilga harakatlanayotgan ATR 72 samolyoti Indoneziyaning Papua provinsiyasida radardan yo‘qolib qolgandi. Uning bortida 49 yo‘lovchi bo‘lgan, ulardan besh nafari bolalardir. Yo‘lovchilardan tashqari besh nafar ekipaj a’zosi ham bo‘lgan.
Samolyot bortida bo‘lganlarning hammasi hayotdan ko‘z yumgan.
Izoh (0)