Hindistondagi Beki daryosida, qayiqda bo‘lgan yetti kishi, jumladan, uch nafar bola chaqmoq urishi oqibatida halok bo‘ldi. Fojia 15-avgust, shanba kuni Assam shtatida ro‘y berdi. Bu haqda The New Indian Express xabar bermoqda.
Yana 21 nafar odam turli darajada kuyish jarohatlarini olgan va Barpeta shahar kasalxonasiga joylashtirilgan. Ulardan uch nafarining holati og‘ir ekanligi aytilmoqda.
Izoh (0)