O‘zbekistonning ikkinchi raqamli tennischisi Oqgul Omonmurodova Chexiyaning Olomouts shahrida davom etayotgan tennis turniridagi ishtirokini g‘alaba bilan boshladi, deb xabar qiladi “Olamsport.com”.
Olomouts turnirining mukofot jamg‘armasi 50 ming AQSh dollarini tashkil qiladi.
Musobaqada oltinchi raqam ostida tasniflangan o‘zbekistonlik tennischi ilk davrada musobaqaga imtiyozli yo‘llanma asosida qo‘yilgan slovakiyalik tennischi Lenka Viyenerovani 6:3, 6:4 hisobida mag‘lub etdi. Bugun, 16-iyul kuni Oqgul chorak final chiptasi uchun chexiyalik Jesika Malechkovaga qarshi kortga chiqadi.
Izoh (0)