Rossiya futbol ittifoqi (RFI) Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kapello bilan ikki tomonlama shartnomani bekor qilganini e’lon qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Rossiya terma jamoasi Yevropa chempionati—2016 saralash bosqichining 6 o‘yinidan keyin 8 ochko bilan guruhda 3-o‘rinda bormoqda. Manba bergan xabarga ko‘ra, kompensatsiya summasi 15 million yevro (930 million rubl)ni tashkil qilgan.
RFI “Fabio Kapelloga bosh murabbiy sifatida olib borgan faoliyati uchun chin dildan minnatdorchilik bildirdi va uning kelajakdagi ishlariga omad tiladi”. Fabio Kapello ham o‘z navbatida RFIga, futbolchilarga va muxlislarga minnatdorchilik bildirgan.
Izoh (0)