Yaponiyada yetishtirilgan Ruby Roman navli uzumning deyarli 700 grammga teng bir boshi auksionda rekord miqdordagi summa — bir million iyen (taxminan 8,2 ming dollar)ga sotildi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.
Ruby Roman uzumi 2008-yilda ilk bor sotuvga chiqarilgan. Ushbu nav katta o‘lchami bilan boshqalardan farq qiladi — u stol tennisi koptokchasidan biroz kichkina. Uning ta’mi juda shirin bo‘ladi.
Savdolar vaqtida mazkur navning 31 boshi auksionga qo‘yildi. Million iyenga sotilgan uzum shingilida 26 ta meva bor edi. Bu ularning har birining narxi 38 ming iyen (312 dollar)dan iborat deganidir. Uni Kanazava shahridagi mehmonxonalardan birining bosh oshpazi sotib oldi.
2014-yilgi savdolar vaqtida Ruby Roman’ning eng qimmat shingili 550 ming iyen (4,5 ming dollar)ga sotilgandi.
Izoh (0)