Xitoy janubidagi Guandun provinsiyasiga “Lyanxua” to‘foni yopirildi. Bu haqda mahalliy “Sinxua” agentligiga tayanib, “TASS” xabar qilmoqda.
Meteorologlar bergan ma’lumotga ko‘ra, provinsiya shimoli-sharqidagi Shanvey okrugida shamol tezligi soniyasiga 35 metrni tashkil qilgan.
Guandun provinsiyasida poyezdlar harakati to‘xtatildi va maktablar yopildi. Baliqchilarga esa ovga chiqmaslik tavsiya qilindi.
Izoh (0)