Ukraina “Privatbank”i Qrimning Rossiyaga qo‘shib olinishi oqibatida boy berilgan investitsiyalarni himoya qilish to‘g‘risidagi da’vo bilan sudga murojaat etdi. Bank matbuot kotibi Oleg Serga ish Gaagada ko‘rib chiqilishini ma’lum qildi. Bu haqda “RBK”ga tayanib, Meduza xabar bermoqda .
Qrim Rossiyaga qo‘shilguniga qadar bankning yarimorolda 337 ta bo‘linmasi bo‘lgan. Da’vo miqdori hozircha ma’lum emas.
8-iyul kuni Ukraina bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk mamlakatning yana bir moliyaviy muassasasi – “Oshchadbank” ham Rossiyaga nisbatan salkam 700 million dollarga teng miqdordagi da’vo bilan chiqqanini ma’lum qildi. Hukumat rahbari boshqa davlat kompaniyalarini ham shunday yo‘l tutish va “Rossiyani javobgarlikka tortish”ga chaqirdi.
Izoh (0)