Rim Papasi Fransisk Ekvadordan Boliviyaga parvoz qilishda koki barglaridan tayyorlangan choyni ichib ko‘rdi, deya xabar bermoqda “Nur.kz”.
“Trimate” deb nomlangan ichimlik tarkibida kokidan tashqari moychechak va arpabodiyon urug‘i ham bo‘lib, uni pontifik mamlakat poytaxti La-Pasga uchib kelishi bilan, kayfiyatini yaxshilash uchun ichgan.
Fransiskning kokain ishlab chiqarishda xomashyo bo‘lib xizmat qiluvchi koki bargini tatib ko‘rish istagi haqida Boliviya madaniyat vaziri ma’lum qildi. Uning aytishicha, pontifikka koki choyi berishganida, u choyning o‘zini ichishdan ko‘ra, bargni chaynab ko‘rishni afzal bilgan.
Izoh (0)