Suriya prezidenti Bashar Asad mamlakatga 1 milliard dollar miqdoridagi Eron krediti berilishini ma’qulladi. Bu haqda davlat rahbari imzo chekkan farmonni tarqatgan SANA axborot agetligiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Hukumatdagi manbalarga ko‘ra, Eron Suriyaga urush tufayli izdan chiqqan iqtisodiyotni tiklashda shoshilinch yordam beradi. Shu yil 19-may kuni Damashqda ikki mamlakat o‘rtasida elektr energetikasi, sanoat, qurilish, neft qazib olish va investitsiyalar sohasida hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi bitimlar imzolangan edi.
Izoh (0)