1944-yili ikkinchi frontni ochish operatsiyasi chog‘ida okkupatsiya qilingan Fransiya hududiga kelib tushgan ilk desantchi, buyuk britaniyalik Norman Pul 96 yoshda vafot etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Leytenant Pul 1944-yil, 6-iyunga o‘tar kechasi Normandiyaga kelib tushgan ittifoqchilar qo‘shinining olti nafar britaniyalik desantchidan iborat birinchi guruhi tarkibida edi, deya yozadi Daily Mail. Samolyotdan ko‘ksiga qadalgan pochta kabutari bilan sakragan desantchi nemis qo‘shinlarini yozib olingan otishma ovozi bilan chalg‘itgan va 200 ta qo‘g‘irchoq “parashyutchilar” hamrohligida Sherburg yarimoroliga qo‘ngan.
Norman Pulning kabutari ittifoqchilar harbiy qo‘mondonligiga kerakli ma’lumotni yetkazib borolgan yagona qush bo‘lgan. Bu xabar aynan qanday mazmunda bo‘lganini leytenant umrining oxirigacha hech kimga aytmagan.
Izoh (0)