Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarif Rossiyaning Ufa shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitiga tashrifini bekor qildi. Bu haqda Eron delegatsiyasidagi manbaga tayanib, “TASS” ma’lum qilgan, deya xabar beradi “RBK”.
Agentlik manbasining ma’lumotlariga ko‘ra, Zarif “oltilik” bilan kelishuvni ishlab chiqish yuzasidan maslahatlashuvlarni davom ettirish uchun Avstriya poytaxtida qolgan. Uni Rossiyaga eltishi lozim bo‘lgan samolyot Tehronga bo‘sh qaytgan.
Oldinroq Eron yadro dasturi bo‘yicha muzokaralarni 10-iyul, jumaga qadar cho‘zishga qaror qilingani xabar berilgan edi. Ularda ishtirok etayotgan AQSh delegatsiyasi vakillarining aytishicha, ushbu muzokaralarda “sezilarli siljishga” erishilgan.
Izoh (0)