Germanwings kompaniyasining halokatga uchragan samolyoti ikkinchi uchuvchisi Andreas Lyubits internetda sianli kaliy, kuchli ta’sir qiluvchi uyqu dori va o‘limga olib keluvchi dorivor kokteyllarni, aftidan hayotiga nuqta qo‘yish uchun, qidirgan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Dyusseldorf prokuraturasi vakili 12-iyun, juma kuni OAVlarda paydo bo‘lgan ushbu xabarlarni tasdiqladi.
Nashr eslatishicha, bungacha Lyubitsning o‘z joniga qasd qilish usullari haqida axborot izlagani rasman ma’lum edi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Germanwings’ning 27 yoshli ikkinchi uchuvchisi hech kimga o‘zining xudkushlik haqidagi niyatini oshkor qilmagan. Bu haqda uning na qarindoshlari, na shifokorlari va na ish beruvchisi bilgan.
Izoh (0)