Hindistonning Rajastxan shtatida joylashgan Tonk shahri yaqinida avtobus ustiga yuqori voltli elektr simlari tushib ketdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Hodisa natijasida kamida 25 kishi halok bo‘lgan.
Mahalliy NDTV telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, avtobus to‘ydan mehmonlarni olib kelayotgan bo‘lgan.
Hodisa joyiga qutqaruv xizmati va politsiya xodimlari yetib kelgan.
Izoh (0)