Tonga qirolligi sohillarida 6,3 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Zilzila o‘chog‘i 28,6 kilometr chuqurlikda, epitsentri esa Niuas okrugi ma’muriy markazi Xixifodan 89 kilometr shimoli-sharqda bo‘lgan.
Zilzila natijasida vayronagarchiliklar yuz bergani va odamlar halok bo‘lgani haqida axborot kelib tushmagan.
Tinch okeanining markaziy qismida joylashgan orol-mamlakat – Tonga qirolligi sohillarida tez-tez zilzilalar yuz berib turadi.
Izoh (0)