EuroMillions lotereyasi ishtirokchisi sustkashligi sabab bir million yevrodan mahrum bo‘ldi. Bu haqda Le Figaro xabar bermoqda.
Noma’lum shaxs Fransiyaning Var kommunasida 7-aprel kuni lotereya chiptasini sotib olgan. May oyi oxirida baxtli chipta raqami e’lon qilingan va tashkilotchilar bir hafta davomida g‘olibni izlab, uni topa olishmagan. G‘olib pulni so‘rab murojaat qilmaganidan so‘ng, uning yutug‘i – bir million yevro yana o‘yin jamg‘armasiga qaytarilgan.
EuroMillions – 2004-yili Fransiya, Ispaniya va Britaniya kompaniyalari tomonidan ta’sis etilgan davlatlararo lotereyadir. Yevroittifoqning eng 12 mamlakatida o‘ynaladigan mazkur lotereyadagi rekord darajadagi katta yutuq – 190 million yevro miqdoridagi mukofotni 2012-yil 10-avgusti va 24-oktyabrida mos ravishda britaniyalik va portugaliyalik fuqarolar qo‘lga kiritgan.
Izoh (0)