Janubiy Koreyada Yaqin Sharq respirator sindromi koronavirusi (MERS) sabab vafot etganlar soni 10 kishiga yetdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Avvalroq mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi MERS koronavirusini yuqtirib olganlar soni 122 kishiga yetgani haqida xabar berilgandi. Karantinga joylashish tavsiyasini olgan shaxslar soni esa 3,4 mingdan oshib ketgan.
Bolalar va o‘smirlar orasida koronavirus tarqalishi xavotiri sabab mamlakat bo‘ylab 2,2 mingdan ortiq ta’lim muassasalari yopilgan.
Izoh (0)