Pokistonning markaziy qismida yo‘lovchi avtobusi halokatga uchrashi natijasida besh kishi nobud bo‘ldi, 20 kishi turli og‘irlikdagi jarohat oldi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Mahalliy OAVlar yozishicha, transport vositasi Sind provinsiyasidagi Noushero Feroz aholi punkti yaqinidagi avtomagistrallardan birida ag‘darilib ketgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtobus haydovchisi tezlikni haddan tashqari oshirgan va boshqaruvni yo‘qotgan. Jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Izoh (0)