Xorazm viloyati Urganch tumanida yashovchi shaxs tuman IIBga ariza bilan murojaat qildi, deb xabar beradi “Postda” gazetasi.
Unda aytilishicha, tunda uyiga begona shaxs kalit tanlash yo‘li bilan kirib, 500 ming so‘m pulni o‘g‘irlab ketgan.
Mazkur murojaat asosida ichki ishlar idoralari tomonidan tezkor choralar ko‘rildi. Ko‘p o‘tmay ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilinib, jabrlanuvchining qo‘shnisi qo‘lga olindi. Surishtiruv jarayonida u aybiga iqror bo‘ldi.
Hozirda jinoyatchining qilmishiga qonuniy baho berilmoqda.
Izoh (0)