O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning jahon tarixida o‘chmas iz qoldirib ketgan sohibqiron Amir Temurga bag‘ishlangan “Sohibqiron” she’riy dramasi nashr qilindi. Bu haqda “Akademnashr” matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Muallif bu sahna bo‘ylab nafaqat katta iqtidor egasi sifatida, ayni paytda bobolar merosiga sadoqatli va ehtiyotkor avlod sifatida ham qalam tebratadi”, — deyiladi xabarda.
Ushbu asar o‘qishga qulay ixcham shaklda, noshirchilikning so‘nggi yutuqlaridan foydalangan holda nashr qilindi.
Izoh (0)