O‘zbekiston va Xitoy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitaning uchinchi majlisi va O‘zbekiston-Xitoy savdo-iqtisodiy hamkorligi masalalariga bag‘ishlangan forumni o‘tkazadi. Bu haqda, UzDaily’ning xabar berishicha, Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Xun Ley ma’lum qildi.
Majlis va forum 15-iyun kuni Xitoy sharqida joylashgan Shandun viloyatining Jichjao dengizbo‘yi shahrida bo‘lib o‘tadi.
Qayd etisharicha, Xitoy kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi a’zosi Men Szyanchju va O‘zbekiston bosh vaziri birinchi o‘rinbosari, moliya vaziri Rustam Azimov majlisga birgalikda raislik qiladi va forumda ishtirok etadi.
Izoh (0)