Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi vakilasi Yekaterina Voronina Xitoyning Uxan shahrida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo chempionatining ikkinchi kuni yettikurash bo‘yicha oltin medal yutib oldi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Voronina jami 5689 ochko jamlagan. Ushbu musobaqada ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni hindistonlik sportchi qizlar Josef Liksi (5554) va Xembram Purnima (5511) egalladi.
Musobaqalarning ikki kuni davomida O‘zbekiston termasi ikkita oltin medalni qo‘lga kiritdi. Avvalroq Svetlana Radzivil balandlikka sakrash bo‘yicha oltin medal sohibasi bo‘lgan edi.
Izoh (0)