Indoneziyaning Surabaya News portali tanloviga ko‘ra, qozog‘istonlik voleybolchi qiz Sabina Altinbekova jahonning eng go‘zal sportchi qizlari ro‘yxatida tennischi Mariya Sharapovadan o‘zib ketdi. Bu haqda Nur.kz xabar bermoqda.
Nashrning qayd etishicha, “Instagram’da 434 ming o‘quvchisi bor Altinbekova hozirgi vaqtda sayyoraning eng mashhur, shuningdek, eng go‘zal sportchi qizidir”.
18 yoshli qozog‘istonlik qiz 2014-yili voleybol bo‘yicha Taypeyda bo‘lib o‘tgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatidan so‘ng tanilib ketgandi. Mahalliy jurnalistlar uning Osiyo animelari uslubidagi go‘zalligidan hayratda qolishgandi.
Eng go‘zal sportchi qizlar reytingida ikkinchi o‘rinni sport gimnastikasi bilan shug‘ullanuvchi, London-2012 Olimpiadasidan so‘ng tanilib ketgan Maroni Makkayl egallagan.
Rossiyalik taniqli tennischi, WTA reytingi bo‘yicha jahonning ikkinchi raketkasi hisoblangan Mariya Sharapova ro‘yxatda uchinchi bo‘lib turibdi.
Undan keyingi o‘rinlarni NASCAR jamoasi avtopoygachisi Danika Patrik va futbolchi Laura Boulau egallagan.
Izoh (0)