Qozog‘istonning Chimkent shahrida yengil atletika bo‘yicha 1998—1999-yillarda tavallud topgan o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro turnirda O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi a’zolari 15 ta oltin, 14 ta kumush va 15 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Mazkur xalqaro turnirda Markaziy Osiyo davlatlari terma jamoalari ishtirok etib, O‘zbekiston vakillari umumjamoa hisobida mezbonlardan so‘ng ikkinchi o‘rinni egalladi. Uchinchi o‘rin Qirg‘iziston termasiga nasib etgan bo‘lsa, tojikistonlik yosh sportchilar to‘rtinchi o‘rinni band etdi.
Izoh (0)