Karate bo‘yicha jahon chempioni Anton Krivosheyevni o‘ldirganlikda gumon qilinayotgan Novosibirskdagi avtoservisda ishlovchi shaxs uni sportchining qimmatbaho avtomobilini ta’mirlash yuzasidan kelib chiqqan kelishmovchilikdan so‘ng otib tashlagan. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasining mintaqa bo‘yicha Tergov boshqarmasi ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
21-may, payshanba kuni Krivosheyev Posche Cayenne avtomobilida uyidan chiqib ketib, qaytib kelmagan. 25-may, dushanba kuni uning polietilen paketga solingan jasadi xarobazordan topilgan. Avtomobili esa supermarketlardan birining avtoturargohida qoldirilgan bo‘lgan.
Dastlabki tergov natijalariga ko‘ra, qotil jabrlanuvchining shaxsiy avtomobilini ta’mirlagan 67 yoshli usta bo‘lib chiqqan.
Ayni paytda tergovchilar jinoyatning amalga oshirilishiga turtki bo‘lgan sabab va sharoitlarni o‘rganmoqda.
Izoh (0)