Farg‘ona viloyati masjidlaridagi devoriy lavhalar va elektron uskunalar o‘chirib qo‘yilayotgani haqida xorijiy OAVlarda tarqatilgan xabarlar asossiz bo‘lib chiqdi.
Bu haqda, O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Marg‘ilon shahridagi “Xonaqoh” jome masjidi imom-xatibi Ubaydulla Abdullayev ma’lum qildi.
“Bu iddaosi, uydirma gaplar bilan muallif asl voqelikni buzib talqin etib, fuqarolarimiz orasida xato fikr paydo qilishga harakat qilgani yaqqol sezilib turibdi. Aslida esa Farg‘ona viloyatidagi masjidlar holati va undagi sharoitlar namozxonlarni juda mamnun etmoqda”, - deydi Abdullayev.
“G‘alamis kimsalar ommaviy axborot vositalari orqali hamisha kishilar o‘rtasiga nifoq solib, jamiyatning tinch hayotini parokanda qilishga intiladi. Fitna esa odamlarni qatl qilishdan ham yomon jinoyatdir”, - deya qo‘shimcha qiladi marg‘ilonlik imom-xatib.
Izoh (0)