Bag‘dod dunyoda terrorchilik xavfi darajasi eng yuqori bo‘lgan shahar deb e’tirof etildi. Bu haqda Britaniyaning The Daily Telegraph gazetasida chop etilgan yuqori terakt xavfiga ega shaharlar reytingiga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Terakt xavfi yuqori bo‘lgan dastlabki yettita shaharning barchasi Iroqda joylashgan. IShID tomonidan boshqariluvchi Mosul (2-o‘rin) va Ramadi (3-o‘rin) shular jumlasidandir.
Dunyo bo‘ylab jami 64 ta shahar terroristik hujumlar xavfi ostida turibdi. Ularning ko‘pchiligi Yaqin Sharqda (27) va Osiyoda (19) joylashgan.
Ushbu ro‘yxatga mualliflar Lugansk (46-o‘rin) va Donetsk (56-o‘rin)ni ham kiritdi.
Izoh (0)