Rossiyaning Cheboksari shahrida chet ellik fuqarolarga nisbatan firibgarlikda gumon qilinayotgan to‘rt nafar mahalliy aholi qo‘lga olindi. Chuvashiston politsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, ular o‘zlarini kelinlikka tayyor qiz sifatida ko‘rsatib, turli bahonalar bilan chet elliklardan pul undirishgan.
Chuvashiston politsiyasi chet ellik jabrlanuvchilardan birining manfaatlarini himoya qiluvchi detektiv agentligi murojaatidan so‘ng (u Cheboksarida istiqomat qiluvchi qiz hisobiga 300 ming rubl o‘tkazib bergan) tekshiruv ishlarini boshlagan. Politsiyachilar yozishmalar olib borilgan kompyuterlardan biri qayerda joylashganini aniqlab, u yerda tintuv o‘tkazishgan.
“Binoda uchta shaxsiy kompyuter musodara qilindi. Politsiya xodimlari bu kompyuterlarda chet el fuqarolari bilan olib borilgan yozishmalar tarixi va chet elliklarning elektr manzillariga spam ko‘rinishida yuborilgan ingliz tilidagi tayyor matnlarni topishdi”, - dedi Chuvashiston politsiyasi vakili.
Politsiyachilarning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda gumon ostidagi ikki yigit va ikki qizga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozircha firibgarlarga umumiy hisobda 700 ming rubl o‘tkazib bergan ikki jabrlanuvchi ham aniqlangan.
Izoh (0)