Joriy yil 18-avgust holatiga ko‘ra, oxirgi o‘n kunda o‘rtacha mikroqarz narxi pasaydi, avtokredit qimmatlashdi. Bu haqda Markaziy bank maʼlumot berdi.

Mikroqarz stavkasi avvalgi o‘n kunlikdagidan 0,3 foizga pasayib, o‘rtacha 36,1 foizni tashkil etgan. Avtokredit esa o‘rtacha 23,8 foiz bo‘lib, o‘tgan o‘n kunlikka nisbatan 0,1 foiz oshgan.
Mamlakatda 18-avgust holatidagi eng arzon mikroqarz 21,8 foiz bo‘ldi. Eng qimmati esa ilk bor 42,4 foizni tashkil etdi. Mikroqarzdan tashqari ajratilgan kreditlar o‘rtacha stavkasi jismoniy shaxslarga 24,2 foiz, yuridik shaxslarga 22,2 foizdan to‘g‘ri kelgan. Taqqoslash uchun, avvalgi o‘n kunlikda aholiga beriladigan kredit stavkasi o‘rtacha 24,1 foiz bo‘lgan.
Avtokreditlarning eng past stavkasi 21,3 foiz, eng baland narxi 28 foiz bo‘lgan.
Maʼlumot uchun, 4-avgustgacha bo‘lgan 10 kunlikda aholiga ajratilgan mikroqarzlar foiz stavkasi o‘rtasi 35,7 foizni tashkil etgan. Bundan avvalgi, 28-iyuldagi tahlilda o‘rtacha mikroqarz 34,9 foizdan ajratilgani bildirilgan.
Izoh (0)