Rossiya poytaxtida yashovchi qiz rezina o‘qli to‘pponcha bilan selfiga tushayotganida boshidan yaralandi, deb xabar qiladi LifeNews.
Hodisa 21-may kuni Moskvaning janubi-sharqida sodir bo‘lgan. 21 yoshli qiz ish joyida qurol bilan selfiga tushishga qaror qilgan.
“U qurol bilan suratga tushmoqchi ekanligini aytib, qo‘riqchidan bir muddatga to‘pponchani berib turishini so‘radi. Erkak uning iltimosini rad etmadi, qiz qo‘liga to‘pponchani olib, suratga tushishni boshlaganida, tasodifan o‘z boshiga o‘q uzdi”, — dedi voqea guvohlaridan biri.
Rezina o‘qdan yaralangan qiz kasalxonaga keltirildi. Shifokorlar uning holatini og‘ir deb baholamoqda.
Izoh (0)